Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
#Deputat_faoliyati

O‘rikzor” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat o‘rganildi

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-okrug deputati N.Bayuzakovaga “O‘rikzor” mahallasiolisi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish va ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish maqsadida deputat “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Zangiota tumani filialiga bordi.

“O‘rikzor” mahallasidagi ichimlik suvi ta’minoti masalasi muhokama qilinib, mazkur hudud bo‘yicha smeta hujjatlari tasdiqlangani hamda ishlar tegishli dasturga kiritilgani ma’lum qilindi.

Mas’ullar tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, yaqin kunlarda suv tarmoqlaridagi quvurlar almashtirilib, mahalla aholisi barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Deputat tomonidan ushbu masalaning ijrosi nazoratga olinib, aholi murojaatining amaliy yechimi ta’minlanishi yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.           

Slide 1 of 4