Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
O‘rganish


✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 9-okrug deputati A.Shapavalov tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilayotgan hududlarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida Zangiota tumani “Bog‘zor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yil Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi.

✅Jumladan, mahalladagi “Harbiylar”, “Do‘stlik”, “Yangi Bog‘zor” va “Qorasuv” ko‘chalarida asfaltlashtirish hamda ichimlik suvi tarmog‘i bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.

✅Mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi mahalla aholisi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.                          

Slide 1 of 4