Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "23-Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning amalga oshirilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

Ma’lumki, “Qorako‘l” mahallasi tuman Kengashining VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” hudud sifatida tanlab olingan.

O‘rganish davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladigan loyiha doirasida:
🔹 3,5 km ichki yo‘llarni asfaltlash;
🔹 1,6 km piyodalar yo‘lagi va lotoklar o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Hozirda loyiha doirasida “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘inining "Shuxrat" ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha loyihada belgilangan ishlarni to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi

Slide 1 of 3