Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Yangiobod mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Nurobod mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Ulug‘bek mahallasida yoshlar murojaatlari qabul qilindi
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: Avulmat mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedovlar Fayziobod mahallasida yaqinda barpo etilgan piyodalar yo‘lakchasi va amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.
янв.21
Fayziobod mahallasida amalga oshirilgan yo‘l ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida sug‘orish infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
To‘rttol mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov hamda tuman hokimi M.Axmadjonovlar Yoshlik mahallasida qurilish ishlari bilan tanishdi
Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashni maktabdan boshlaymiz!

 Prezidentimizning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining “Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni yoshlar orasida keng targ‘ib etish hamda ta'lim muassasalarida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatli, bilimli kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir doirasida Siyosiy fanlari doktori, professor Narzulla Jo‘raev, Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova, shoir, yozuvchi Ravshanbek Mahmudov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti professori Salohiddin Azizboevlar Buxoro tumanida joylashgan 4-umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. 

Martabali mehmonlar tuman hokimligi, maktab ma’muriyati, mahalla faollari tomonidan xursandchilik bilan kutib olindi. Yangi ta’mirlangan, barcha sharoitlar yaratib berilgan maktabning dars jarayonlari bilan tanishilib o`quvchilar bilan dildan suhbatlashildi. Ziyolilar ziyo taratib Buxoro tarixda o‘chmas iz qoldirgan allomalarga beshik bo‘lganini, kelajakda ham bu zamindan ana shunday iste'dodlar yetishib chiqishiga ishonishini, albatta, yoshlarimiz Yangi O`zbekistonning munosib farzanlari bo`lishini bildirishdi. Barcha o`quvchilar bilan birga baralla ovozda “Yangi O`zbekistonda faqat olg`a boramiz!” maktab shiori aytildi.  

Akademik Narzulla Jo‘rayev o`zi o`qigan maktabi naqadar muqaddas ekanligi, bu dargoh akademik bo`ladimi, taniqli insonlar bo`ladimi ostonasi qadrliligini, boshni egib ta`zim qilishga arzigulik mo`tabar joy ekanligini e’tirof etdi.  

Jamila Shermuhamedova kitobxon o'quvchilar bilan suhbat jarayonida kitob insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i, bilim manbai ekanligini ta'riflab kitobga bo'lgan muhabbat, uni qadrlash, o'qishga ishtiyoq kuchli inson bo'lishga yetaklashini ta'kidladi, kitobxon o`quvchilarga kitoblar sovg`a qildi. Yozuvchi Ravshanbek Mahmudov ham o`z ijodidan yaralgan mazmunli kitoblarini o`quvchilarga taqdim etdi. Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashi deputati R.Nabiyev tashabbusi bilan tashkil etilgan "Deputat stipendiyasi" o‘tgan oyda o‘zining bilimi va namunali xulqi bilan barcha maktab o‘quvchilari orasida o‘rnak bo‘ladigan 2 nafar o‘quvchi yoshga shu yerning o‘zida taqdim etildi. Shuningdek ta’lim muassasasida “Besh tashabbus” doirasida olib borilgan ishlar va erishilgan natijalar yuqori baholanib, sportchi yoshlar va "Deputat stipendiyasi"
sovrindori o'quvchilari olqishlandi. 

Slide 1 of 3