Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
Fuqarolar murojaati o‘rganilib, muammo ijobiy hal etildi

Fuqarolar murojaati o‘rganilib, muammo ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 6-«At-Termiziy» saylov okrugi deputati B. Umarov saylangan Kelajak MFY hududidagi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan suv quvuri yorilgani va natijada suvning chiqib, ko‘chada oqib yotgani bo‘yicha bildirilgan murojaat joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda o‘rganilib, zarur choralar ko‘rildi. Natijada suv quvuridagi nosozlik bartaraf etilib, suvning oqib yotishiga sabab bo‘lgan muammo hal etildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov ishtirok etib, murojaatning amaliy yechimini joyida o‘rgandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2