Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.G‘oibnazarov hamda “Madad” NNTning Zomin tuman Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Tashbayev bilan birgalikda tuman Adliya bo‘limida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish jarayonlari tahlil qilindi.

Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikda belgilangan muddatlarga rioya etilishi, fuqarolarga berilayotgan javoblarning mazmuni va asoslantirilganligi, murojaatlarning natijadorligi hamda takroriy murojaatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish va aholining huquqiy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3