Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
“Zarobod” mahallasida infratuzilma ishlari o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja #kotibiyat_mudiri_faoliyati #deputat_okrugida
#qaror_ijrosi

“Zarobod” mahallasida infratuzilma ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining 2026-yil 30-martdagi VII-18-26-8-113-K/26-sonli qarori bilan belgilangan, tumanda tanlab olingan va “og‘ir” deb topilgan “Zarobod” mahallasini ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida, jumladan, mahalladagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari ko‘rib chiqilib, amalga oshirilgan ishlar “Zarobod” mahallasi raisi hamda “Saylgoh” ko‘chasi aholisi bilan muhokama qilindi.

Muloqot davomida “Saylgoh” ko‘chasi aholisiga amalga oshirilgan asfaltlash ishlari loyiha hujjatlari asosida olib borilgani tushuntirildi.
Loyiha asosida “ISLOM ANGOR SURXON” MCHJ tomonidan 3 km masofada yer tekislash ishlari amalga oshirilib, 3 km uzunlikda asfalt yotqizish ishlari bajarilgan. Shuningdek, 24 dona elektr ustuni olib kelingan hamda 2 km beton ariq (lotok) o‘rnatilganligi ko‘zdan kechirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3