Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
#biriktirilgan_tashkilot 🎵 MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI

#biriktirilgan_tashkilot 🎵 MUSIQA VA SAN’AT MAKTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari hamda ularga biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, deputat X.Turdiyev tomonidan tumandagi 11-son Musiqa va san’at maktabining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni, o‘quvchilarni qabul qilish ishlari hamda bolalarning musiqa va san’at yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishildi.
Ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab mazkur dargohga 7–12 yoshdagi bolalarni qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. Deputat qabul jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilar uchun mavjud imkoniyatlarni o‘rgandi.
Yosh avlodning iste’dodini yuzaga chiqarish, ularni san’atga keng jalb etish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari doimiy e’tiborda.
🎼 Iste’dodli yoshlar — yurtimiz kelajagi!

Slide 1 of 3