Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOZORLARDAGI NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: LOTOKLAR QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li”

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Aliyev tomonidan “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida O'tarchi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla faollari, ko‘cha faollari hamda aholi vakillari bilan suhbatlashilib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr ta’minoti, obodonlashtirish, ijtimoiy soha, aholi bandligi hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan muammolar tizimlashtirilib, ularni muammo — yechim — natija tamoyili asosida hal etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantiriladi.

Har bir mahalla — e’tiborda. Har bir muammo — nazoratda. Har bir hudud — rivojlanish yo‘lida! 

Slide 1 of 1