Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Doimiy komissiya yigʻilishida bir qator masalalar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining Taʻlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi D.Tursunova, sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi B.Soliyev, yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi D.Jumayeva xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Bobonazarova, Qorovulbozor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari S.Qo`shshayev hamda tegishli korxona va tashkilot raxbarlari bilan birgalikda tumanda “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini oʻrganish va natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi hamda tuman maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimi mudiri S.Davlatovaning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda Murojaatnomada taʼkidlangan ustuvor vazifalardan biri boʻlgan taʼlim-tarbiya jarayonlarida amalga oshirilgan va kelgusi yilda amalga oshadigan islohotlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

Slide 1 of 1