Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati #_24_ta_masala "Niholzor" mahallasida ustuvor 24 yo‘nalish doirasida o‘rganish ishlari va fuqarolar qabuli olib borildi
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
"Niholzor" mahallasida ustuvor 24 yo‘nalish doirasida o‘rganish ishlari va fuqarolar qabuli olib borildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “19-Olmazor”  saylov okrugi deputati S.Qurbonov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan "Niholzor" mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 
O‘rganish davomida mahalla faollari va mas'ul mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, mavjud muammolar hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. 
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi hamda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
Bunday o‘rganishlar hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli bartaraf etish hamda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3