Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA

🩺 AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI TO’G’RISIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Keldibekova tomonidan Uyluqma qishloq vrachlik punktida 24 ta muhim yo‘nalish doirasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi holati yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish sifati, dori-darmon ta’minoti, profilaktik tibbiy ko‘riklarning o‘tkazilishi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarni dispanser nazoratiga olish hamda tez tibbiy yordam xizmatining samaradorligi tahlil qilindi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — har bir fuqaroning malakali, o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat olish huquqini ta’minlash, sohadagi muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 2