Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tumandagi “G‘azalkent-Meva” MChJ faoliyati va investitsiya loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq  Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumandagi yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lgan “G‘azalkent-Meva” MChJ faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari, investitsiya loyihalari hamda yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha rejalari tahlil qilindi.

🔺Ma’lumotlarga ko‘ra, “G‘azalkent-Meva” korxonasi Bo‘stonliq tumanining oziq-ovqat sanoatida muhim o‘rin egallaydigan korxonalardan biri hisoblanadi. Korxona asosan mahalliy meva-sabzavot xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, tomat pastasi, turli xil konservalangan mahsulotlar, marinadlangan sabzavotlar, meva sharbatlari, meva bo‘tqalari hamda bolalar oziq-ovqatlari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

🔺Korxona tarixi o‘tgan asrning o‘rtalariga borib taqaladi. Yillar davomida ishlab chiqarish quvvatlari bosqichma-bosqich kengaytirilib, xorijiy texnologiyalar joriy etilgan. Xususan, Italiya texnologiyalari asosida tomat pastasi ishlab chiqarish liniyasi hamda meva mahsulotlarini qayta ishlash sexlari tashkil etilgan.

🔺Bugungi kunda korxonada ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish maqsadida Xitoy texnologiyalari asosida mavjud sexlarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida mahsulot turlarini ko‘paytirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan.

🔺O‘rganish davomida mas’ullar tomonidan ta’kidlanishicha, korxonani kengaytirish loyihasi to‘liq amalga oshirilgach, yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etiladi. Bu esa aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni doimiy bandlik bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

🔺Deputat korxonada yaratilayotgan shart-sharoitlar, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi, ishchilar uchun ijtimoiy kafolatlar hamda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash imkoniyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5