Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva o‘z saylov okrugida joylashgan Fazogir mahallasida bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurish tadbirini amalga oshirdi. Tashrif davomida deputat mahalla aholisi bilan suhbatlashib, fuqarolarning turmush sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda ularni qiynayotgan dolzarb masalalar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida aholining taklif va tashabbuslariga alohida e’tibor qaratilib, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda fuqarolarning hayot sifatini oshirishga qaratilgan fikrlar muhokama qilindi. Fuqarolar deputatning bevosita xonadonlarga tashrif buyurib, ularning dardi va muammolarini tinglayotganini ijobiy baholab, bunday uchrashuvlar aholi va deputat o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.