Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Mingbuloq mahallasida bo‘lib, aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda hamda savdo shaxobchalarida narx-navolar barqarorligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi savdo do‘konlari, oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan savdo do‘konlaridagi holatlar ko‘zdan kechirildi. Deputat savdo nuqtalari mas’ullari bilan muloqot qilib, mahsulotlarning sifati, saqlash sharoitlari hamda narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuningdek, aholining iste’mol huquqlarini ta’minlash, mahsulotlar sifatini nazorat qilish va narxlar barqarorligini saqlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.