Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z saylov okrugida joylashgan Terakzor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Nihol” nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva o‘z saylov okrugida joylashgan Fazogir mahallasida bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurish tadbirini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugidagi Mingbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan irrigatsiya va infratuzilma ob’ektlari qurilishi ishlarini o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat aholi uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari doirasida o‘rnatilayotgan suv lotoklarini o‘rnatish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov O‘zbekiston mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov o‘z saylov okrugida joylashgan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Nogironligi bo‘lgan bolalarga bayramona e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi
XALQ DEPUTATLARI BOG'OT TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO'LIB O'TDI.

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Bog‘ot tumanida shaharsozlik hujjatlari ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Bog‘ot tumani mahalliy budjetining 2026-yil I chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi “Bog‘ot tumani hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida”gi VII-35-76-12-170-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida.
Shuningdek, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan takliflar muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Yig‘ilish davomida hududda shaharsozlik hujjatlari ijrosini ta’minlash, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda infratuzilma va ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2