Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z saylov okrugida joylashgan Terakzor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Nihol” nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva o‘z saylov okrugida joylashgan Fazogir mahallasida bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurish tadbirini amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugidagi Mingbuloq mahallasida amalga oshirilayotgan irrigatsiya va infratuzilma ob’ektlari qurilishi ishlarini o‘rganish maqsadida hududda bo‘ldi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputat tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputat aholi uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari doirasida o‘rnatilayotgan suv lotoklarini o‘rnatish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov O‘zbekiston mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Qodirov o‘z saylov okrugida joylashgan Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Nogironligi bo‘lgan bolalarga bayramona e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi
Yo‘l va kanalizatsiya muammolari o‘rganildi

Yo‘l va kanalizatsiya muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Dilnoza Musayeva Yunusobod mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi mavjud muammolarni joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holati, aholi harakatlanishi uchun qulayliklar, shuningdek, kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda mavjud masalalarga qonuniy yechim topish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

Mahallalarda aholining turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma muammolarini bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram

Slide 1 of 1