Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
Mahalliy vakillik organlarining nazorat faoliyati yangicha tizim asosida tashkil etiladi

Hududlardagi senatorlar, mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari raislari hamda kotibiyat mudirlari ishtirokida 18-mart kuni bo‘lib o‘tgan  navbatdagi onlayn uchrashuvda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Seminarni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Seminar avvalida joriy yilning 2-fevralida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, bugungi kunda Mahalliy kengashlar faoliyatida uchrayotgan ayrim muammoli masalalar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar kelishib olindi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning ijrosi ustidan samarali nazorat o‘rnatish masalalariga yetrali eʼtibor qaratilmayotganligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, Senat Raisi, mahalliy Kengashlar tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar va loyihalar ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish, qolaversa ularning amalga oshirilishida yaqindan ko‘maklashish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizm asosida ishlarni tashkil etish, bunda Kengash, uning kotibyati doimiy komissiyalari hamda deputatlar oldidagi vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirish berib o‘tdi.

Mazkur tizim asosida endilikda Prezident hujjatlarida, Hukumat qarorlarida tegishli “yo‘l xaritalari”da va boshqa qonunchilik hujjatlarida hududni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar, amalga oshiriladigan loyihalar manzilli biriktiriladi. Deputatlar tomonidan ushbu vazifalar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi bilan birga, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishida ijro hokimiyatiga amaliy yordam ham ko‘rsatiladi.

Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar har chorak yakuni bo‘yicha tegishli tuman, shahar viloyat Kengashlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi majlislarida tanqidiy muhokama qilib boriladi. Joylardagi muammolarni mahalla yettiligi bilan birgalikda “tuman – viloyat – respublika” darajasida ko‘tarib chiqish hamda hal etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Uchrashuvda ushbu tizim asosida ishlar namuna sifatida yo‘lga qo‘yilgan ayrim mahalliy Kengash vakillarining ham fikri eshitildi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir yakunida yangi tizim bo‘yicha ishlarni mahalliy Kengashlar va Markaz hamkorlikda tashkil etishga kelishib olindi. 

Slide 1 of 6