Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
AYOLLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASH YO‘LIDA MUHIM QADAM

Ayolni eʼzozlash, unga ehtirom koʻrsatish oʻzbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biridir. Shu maʼnoda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Maʼlumki, jamiyat taraqqiyotini demokratlashtirish jarayonini xotin-qizlarning siyosiy hayotda faol ishtirokisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Dunyoning ko`plab rivojlangan davlatlari qatorida O`zbekiston Respublikasida ham ayollarning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi o`rnini mustahkamlashning davlat siyosati darajasigacha ko`tarilayotganida namoyon bo`lmoqda.

Xotin-qizlarning siyosatdagi va saylov jarayonlaridagi ishtirokiga oid meʼyoriy-huquqiy asoslar avvalo xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan. Misol uchun, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida kamsitishga yoʻl qoʻymaslik va siyosiy huquqlardan teng foydalanish tamoyillariga asoslanib, ayollarning siyosiy va saylov jarayonlarida teng ishtirokini belgilangan boʻlsa, Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya va boshqa bir qator mintaqaviy konvensiyalarda ushbu huquqlarning amalga oshirilishida jinsga qaralmaslik kerakligi taʼkidlangan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktning 25-moddasida barcha fuqarolar nafaqat jamoat va siyosiy tadbirlarda qatnashish, balki haqiqiy davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya xotin-qizlarning “davlat idoralarida lavozimlarni egallash va davlat hokimiyatining barcha darajalarida har turdagi davlat funksiyalarini bajarish” huquqini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining o‘ttiz foizidan qirq foizga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish taklifi  ko‘rib chiqildi. Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi.

Demak, ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash uchun ularning vakillik organlaridagi ulushini yanada oshirish maqsadga muvofiq. Yurtimiz uch ming yillik davlatchilik tajribasi orqali butun dunyoga ham jamiyat boshqaruvida, ham ma’naviy taraqqiyotida ayolning roli qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatishi mumkin. Shu bois, ayollarning parlamentdagi, umuman, davlat boshqaruvidagi o‘rnini oshirish orqali asl qadriyatimiz - ayollarga bo‘lgan hurmat, ayolning dono siyosatchi bo‘lishi mumkinligi, qolaversa, ayolning jamiyat ustuni hisoblangan oilaning farovon va tinch bo‘lishida qiyoslab bo‘lmaydigan o‘ringa ega. Ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Lola Ergasheva
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputatligiga    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat