Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Senat devoni xodimlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari joriy yilning 1-fevral kuni Qizitepa tumanida bo‘lishadi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyati bilan tanishish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida viloyatimizda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Senat devoni xodimlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlaridan iborat delegatsiya Qiziltepa tumaniga tashrif jarayonida xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

Tanishuv oldidan tuman hokimi Bekzod Bobomurodov barcha mehmonlarga Qiziltepa tumani, uning tarixi va buguni, mavjud imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng tuman Kengashi kotibiyati mudiri Ulug‘bek Bobojonov Kengash uchun yaratilgan sharoitlar, Kengash tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va boshqa bir qator yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar berdi. Mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, tuman Kengashi deputatlari bilan suhbatlashishdi. 

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi kotibiyati 

Slide 1 of 7