Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining "Maslahat Kengashi" o'tkazildi

Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokamasi bo'lib o'tdi.

1. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Xudayberdiyev axboroti haqida;

2. Mahalliy byudjet daromadlarining belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlash, hududning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash, soliq qarzlarini qisqartirish, ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilmaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i S.Eshmatovning hisoboti haqida;

3. Samarqand viloyatidagi ayrim aholi punktlarini nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;

4. Viloyat hokimi o‘rinbosari O.Xamrayevning viloyat hokimining 2023-yil 7-dekabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining 2023-yil
II va III chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan foydalanish to‘g‘risida” 334-7-0-Q/23-son qarori bilan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

5. Viloyat hokimi o‘rinbosari A.Shukurovning viloyat hokimining 2023-yil 15-dekabrdagi “Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” 337-7-0-Q/23-son qarori bilan ajratilgan mablag‘larni ishlatilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-408-son qaroriga asosan tasdiqlangan dastur doirasida iqtisod qilingan mablag‘larlarni boshqa obyektlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktyabrdagi maxsus bayoniga asosan Ishtixon tumanidagi 25-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyektiga bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarini belgilash to‘g‘risida. 

Slide 1 of 4