Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qildi.
янв.21
Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
NAVBATDAGI DOIMIY KOMISSIYA QO‘SHMA YIGʻILISHI

 NAVBATDAGI
DOIMIY KOMISSIYA QO‘SHMA YIGʻILISHI
 

  

2023-yil
13-dekabr kuni tuman hokimligining kichik majlislar zalida Farg‘ona tumani
Kengashi kotibiyati, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi huzuridagi doimiy
komissiyalarning
navbatdagi Qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman
Kengashi kotibiyat mudiri F.Mirzayev, tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova,
N.Isaqov, B.Axmadjonov, A.Eminov, I.Abduraxmonovlar ishtirok etdilar.
 

Yig‘ilishni
tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari
bo‘yicha doimiy komissiya raisi O.Dadajonova olib bordi.
 

Yig‘ilish kun tartibiga, “Davlat dasturi yuzasidan
tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gʻ. Ortiqovning joriy
yilning 11 oyligi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti” va
“Ayollar daftari 4-bosqichi ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida”gi hisobotlar
tuman Kengashining navbatdagi sessiyasigi kiritilishi bo‘yicha qo‘shimcha
kiritish takliflari bildirilib, takliflar tasdiqlandi.
 

1. “2023-yilda
Farg‘ona tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tayyorlangan “Yo‘l
xarita”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror ijrosi ;
 

2. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevral kungi Farmoni bilan
yotasdiqlangan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida” amalga oshirishga oid
davlat dasturi yuzasidan tumanda joriy yilning 10 oyligi davomida amalga
oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
 

3. O‘zbekiston
XDP deputatlik guruhi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha
“Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi hisoboti;
 

4. O‘zbekiston
“Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha
“Farg‘ona tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi
tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda bo‘limda
ishlovchi kadrlar va ularning mutaxassisliklari to‘g‘risida”gi hisoboti;
 

Kun tartibidagi masalalar eshitilib, navbatdagi
sessiya kun tartibiga kiritish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.
 

Kun
tartibidagi “Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tumanda 2023 yilning
1-noyabr oyi holatiga amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida”gi, hamda “tuman Gaz
ta’minoti bo‘limi tomonidan 2023-yil dekabr holatiga amalga oshirilgan ishlar
to‘g‘risida”gi masala bo‘yicha hisobot beruvchi tashkilot rahbarlari ishtirok
etmaganligi va hisobot taqdim qilinmaganligi sababli kun tartibidan olib
tashlanib, bu haqida tuman hokimi nomiga, viloyat gaz ta’minoti, viloyat Elektr
tarmoqlari korxonasi rahbarlari hamda viloyat hokimi nomiga “Taqdimnoma”
chiqarish yuzasidan bildirgi kiritilishi aytib o‘tildi.
  

Slide 1 of 1