#deputatlik_nazorati_Uchtepa #Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: ichimlik suvi tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “4-Qoryog‘di” saylov okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan tuman SUVSOZ bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda Paxtakor mahallasidagi ichimlik suvi quvurlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
📈 O‘rganish mahalliy Kengash deputatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida tashkil etilib, undan asosiy maqsad — sovuq kunlar boshlanishidan oldin ichimlik suvi tarmoqlarining texnik holatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash hamda aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan zarur choralarni belgilashdan iborat.
🔎 Texnik ko‘rik davomida ichimlik suvi quvurlarining holati, tarmoqlarning mavsumiy sharoitlarga tayyorligi hamda suv ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 Deputat va soha mutaxassislari hamkorligida olib borilgan ushbu ishlar mahallada ichimlik suvi ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, ehtimoliy muammolarni oldindan aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.
📈 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kommunal infratuzilma holatini nazorat qilish va aholi uchun qulay sharoit yaratish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
⚙️ Aholi murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalarni o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish ishlari izchil olib boriladi.