🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Shovot tumani hokimligi Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D. Abdullayev ishtirok etdilar.
🏠 O‘rganish natijasida fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xonadonning ichki qismidagi eshiklar yangilab berildi.
✅ Mazkur amaliy yordam oilaning turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan.