Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Sessiya muhokamasi
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR QAYD ETILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
180-SONLI MAKTABDA O‘QUVCHILARNING SOG‘LOM OVQATLANISHI VA SANITARIYA-GIGIYENA SHAROITLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ 180-SONLI MAKTABDA O‘QUVCHILARNING SOG‘LOM OVQATLANISHI VA SANITARIYA-GIGIYENA SHAROITLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati K. Xursanov tomonidan tumandagi 180-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash, maktab oshxonasining sanitariya-gigiyena holati hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida maktab oshxonasi va ovqat tayyorlash xonalarining tozaligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari hamda ularning sifati va yaroqlilik muddatlari bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🥗 Xususan, o‘quvchilarning sifatli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi, ovqat tayyorlash jarayonida belgilangan sanitariya talablariga amal qilinishi hamda mahsulotlarning tegishli sharoitlarda saqlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Shuningdek, oshxona xodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlanganligi hamda ovqat tayyorlash jarayonida shaxsiy gigiyena talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi.

🩺 Deputat Aziz Ibragimov o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi ularning salomatligini mustahkamlash, jismoniy va aqliy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi uchun muhim omillardan biri ekaniga e’tibor qaratdi.

📉 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan aholi, ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish, ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga e’tibor qaratish vazifalari bilan hamohangdir.

🏫 Ta’kidlanganidek, maktabda sifatli ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda, o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish, oshxonalarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi.

🤝 O‘rganish yakunida Aziz Ibragimov va K. Xursanov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oshxona faoliyatini sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq tashkil etish hamda o‘quvchilar uchun sifatli ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

♻️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov tomonidan ta’lim muassasalarida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, ularning salomatligi va xavfsizligiga daxldor masalalarga e’tibor qaratish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🗣 Farzandlarimizning sog‘lom ovqatlanishi, xavfsiz muhitda ta’lim olishi va har tomonlama barkamol ulg‘ayishi — barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4