Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ NAVBATDAGI 35-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
TA’LIM MUASSASASIDA MUHANDISLIK TIZIMLARI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
JASORAT MAYDONI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LARNING SAMARALI SARFLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
328-SONLI DMTTDA YAKUNIY O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

#Kengash_sessiyasi #bandlik_masalasi

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

📂 Sessiyada xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Jamshid Karimov kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning barqaror daromad manbasini shakllantirish va doimiy bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan savol berdi.

🗣 Jamshid Karimovga ko'ra — hisobotda tumanda kambag‘allik darajasi 2026-yil 1-yanvar holatiga 3,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1-oktabr holatiga 1,8 foizga tushgani qayd etildi. Biroq kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda faqat bir martalik yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, ularning barqaror daromad manbasini shakllantirish, tadbirkorlikka jalb etish va doimiy bandligini ta’minlash muhim.

🔴 Shu nuqtayi nazardan, 2026-yilning 9 oyi davomida kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi qanday bo‘ldi?
🔴 Kelgusida mazkur oilalarning qayta kambag‘allik holatiga tushib qolmasligi uchun qanday choralar ko‘riladi?

🗣 Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Fazliddin Taxirov tomonidan — 2026-yilning yanvar-sentabr oylarida kambag‘al oilalarning daromadini oshirish va ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilgan.

📇 9 oy davomida 1 262 ta oilani, ya’ni 4 977 nafar aholini daromadini oshirishga qaratilgan xizmatlar bilan qamrab olish belgilangan bo‘lsa, amalda 2 196 ta oiladagi 9 617 nafar aholiga tegishli xizmatlar ko‘rsatildi. Natijada belgilangan reja 174 foizga bajarilgan.

Jumladan:
✍️ 2 238 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb qilingan;
✍️ 352 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan;
✍️ 103 nafar fuqaroga kredit, ssuda va subsidiyalar ajratilgan;
✍️ 159 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgan;
✍️ mahallalarda 541 ta mikroloyiha amalga oshirilib, fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar olib borilgan.

📈 Kelgusida asosiy e’tibor kambag‘al oilalarning daromadini barqaror oshirish, doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali ularni kambag‘allikdan barqaror chiqarishga qaratiladi.

💹 Asosiy maqsad — bir martalik yordam emas, balki oilalarning barqaror daromad manbasini yaratish va ularning kambag‘allikka qayta tushib qolishining oldini olish.

Slide 1 of 3