Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda 1-“Qoraqalpoq” saylov okrugidan saylangan deputat Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich o‘zi saylangan hududdagi “Markaziy” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.O‘rganish davomida yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi hamda samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.Aniqlanishicha, mahallada Yolg‘izlar reyestriga 8 nafar fuqaro kiritilgan bo‘lib, 91 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. 2026-yil 6 oy davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 ta oilaga oziq-ovqat va moddiy yordam ko‘rsatilgan, 3 nafar fuqaro kiyim-kechak bilan ta’minlangan.Homiylik mablag‘lari hisobidan 1 nafar fuqaroning uyi to‘liq qayta qurilib,yana 1 nafar fuqaroning uy tom qismi ta’mirlangan.Shuningdek, 20 ga yaqin fuqaro POM va RTV mahsulotlari bilan ta’minlangan, 6 nafar mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan fuqaro doimiy ish bilan band etilgan. Bundan tashqari, homiylar ko‘magida 20 nafar oilaga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.O‘rganish yakunida deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish hamda manzilli ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam davom ettiriladi.  

Slide 1 of 3