Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Tuproqqal'a Munosabat

Qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yangi uy-joylar, ijtimoiy obyektlar hamda zamonaviy infratuzilma inshootlari barpo etilmoqda.
Selektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar, avvalo, qurilish ishlarida sifat va samaradorlikni ta’minlash, mablag‘lardan oqilona foydalanish, obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish hamda zamonaviy qurilish materiallaridan keng foydalanishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur vazifalar ijrosi hududlarda ham qurilish jarayonlariga mas’uliyat bilan yondashishni, har bir bunyodkorlik ishida xalq manfaatlarini ustuvor qo‘yishni talab etadi. Sifatli qurilish — bu nafaqat yangi binolar barpo etish, balki aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish va kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor bunyod etish demakdir.
Shu bois, belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda qurilish sohasida ochiqlik va mas’uliyatni yanada oshirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati
M. Yarashev