Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Deputat faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Deputat faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi Kotibiyati xodimlari tomonidan tuman Kengashi deputati M.Ma’murjonova biriktirilgan hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligi atroflicha o‘rganildi va tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida deputatning aholi bilan muloqoti, xonadonbay yurish va fuqarolarning dardu tashvishlarini tinglash tizimi, ayniqsa, “Ko‘chama-ko‘cha murojaatlar bilan ishlash daftari”ning yuritilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, deputat M.Ma’murjonova tomonidan hududdagi muammolarni tizimli ravishda qayd etib borish, aholi ko‘targan masalalarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Kotibiyat xodimlari o‘rganish yakunida aniqlangan yutuqlar bilan birga, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlashda tizimlilikni kuchaytirish yuzasidan deputatga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berishdi.