Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi natijasida Shirin mahallasidagi kanalizatsiya muammosi hal etildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar hamda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Shofayzbog‘i mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aralashuvi bilan fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish yo‘li yaratildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat nazoratida: Latifguzar mahallasidagi muammo joyida bartaraf etildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATIDAGI MUROJAAT IJROSI TA'MINLANDI
янв.21
Yoshlar sanoat zonasida yaratilayotgan sharoitlar va investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati ijrosi ta’minlandi - Hayratiy mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.
Shaharda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash ishlari tahlil qilindi.

2025-yil 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlar sarhisobi hamda kelgusi yil ustuvor vazifalari” mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahrida “Ishsiz yoshlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan mazkur masala yuzasidan Kengash Kotibiyati mudiri N.Xakimov tomonidan o‘rganishlar olib borildi.
Tahlil jarayonida Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan ishsiz yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ma'lum qilinishicha, shahardagi 30 ta mahallada keng qamrovli xatlov ishlari o‘tkazilib, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 24 411 nafar yoshning ijtimoiy holati, qiziqishlari va ehtiyojlari o‘rganilgan.

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra yoshlar “yaxshi”, “o‘rta” va “og‘ir” toifalarga ajratilib, ayniqsa muammoli yoshlar bilan individual ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, “og‘ir” toifadagi 339 nafar ishsiz yoshning bandligi ta'minlanganligi alohida ta'kidlandi. Ularning bir qismi doimiy ish bilan ta'minlangan bo‘lsa, ayrimlariga imtiyozli kreditlar ajratilgan, o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur asbob-uskunalar berilgan, kasb-hunarga o‘qitilgan yoki xorijda qonuniy mehnat faoliyatini olib borishi uchun tartibli mehnat migratsiyasiga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash masalasi ham alohida e'tiborda bo‘lib, joriy yilda 1 333 nafar bitiruvchi yoshning bandligini ta'minlash rejalashtirilgani hamda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.

✅ Yoshlar bandligini ta'minlash, ularning muammolarini manzilli hal etish va munosib mehnat faoliyatiga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Slide 1 of 5