Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
“Samonchuq” mahallasida investitsiya loyihalari va qurilish ishlarining borishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Z.Shomurodova, shuningdek, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Samonchuq” mahallasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda qurilish ishlarining borishi o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida mahalla hududida investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati, qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mazkur loyihalarning aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi ahamiyati muhokama qilindi.
➡️Tashrif chog‘ida ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari ham ko‘zdan kechirilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi. Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish, obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish hamda har bir loyihaning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
➡️O‘rganishlar davomida investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali mahallada yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va infratuzilmani yanada rivojlantirish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi.
➡️Bunday o‘rganishlar investitsiya dasturlarining ijrosi ustidan samarali parlament va deputatlik nazoratini ta’minlash, qurilish ishlarining sifatli va manzilli tashkil etilishiga ko‘maklashish hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda. “Samonchuq” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar ham hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Slide 1 of 6