Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Deputat o‘z saylov okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasidagi yer osti yong'in suv gidrantlari holati o'rganildi
янв.21
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Beshqayragʻoch mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Xojiobod mahallasida obodonlashtirish va yo‘l infratuzilmasi holati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
#_munosabat

️Bugungi kunda Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy qiyofasini belgilab berayotgan nufuzli xalqaro maydonga aylanib bormoqda. Forum doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurayotgan investorlar, xalqaro moliya institutlari va yirik kompaniyalar vakillarining ishtirok etishi mamlakatimizga bo‘lgan ishonch va qiziqishning yanada ortib borayotganidan dalolat beradi.
️So‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati, qulay investitsiya muhitini shakllantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Toshkent xalqaro investitsiya forumi esa ushbu islohotlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganining yorqin namunasidir.
️Ayniqsa, forum doirasida sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, transport va logistika sohalarida yirik investitsiya loyihalarining muhokama qilinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi. Bu esa hududlar taraqqiyotini jadallashtirish, aholi farovonligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
️Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, transchegaraviy loyihalarni amalga oshirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishda ham mazkur forumning o‘rni beqiyosdir. Shu ma’noda, Toshkent xalqaro investitsiya forumi mintaqa davlatlarini o‘zaro manfaatli hamkorlik sari chorlaydigan muhim muloqot platformasi vazifasini bajarmoqda.
️Deputat sifatida ishonamanki, forum doirasida erishilayotgan kelishuvlar va investitsiya loyihalari mamlakatimiz hududlarida, jumladan, qishloq va mahallalarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
️Toshkent xalqaro investitsiya forumi – bu nafaqat iqtisodiy tadbir, balki Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi, ochiq iqtisodiyotga intilishi va barqaror taraqqiyot sari qat’iy qadamlarining amaliy ifodasidir. Bugun qabul qilinayotgan qarorlar va kelishuvlar ertangi taraqqiyotimiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.