Qonun ijrrosi o'rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati A. Erkinov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining amaliy holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fermer xo‘jaliklarida qonun talablariga rioya etilishi, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini oshirish hamda sohaga oid mavjud muammolar tahlil qilindi.
Mazkur o‘rganishlar qonun ijrosini ta’minlash, fermerlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda agrar sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.