Qonuni ijrosining ta’minlanishi deputat nazarotida
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D. Sattarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining ta’minlanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishlaridan asrash, qonunchilikda belgilangan kafolatlarning amaliyotdagi ijrosi hamda bu boradagi profilaktik tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur faoliyat jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, gender tenglikni ta’minlash va ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.