Tashrif davomida markazning moddiy-texnik bazasi, kitob fondi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi. Bugungi kunda kutubxona fondida jami 96 486 nusxa kitob mavjud bo‘lib, 12 640 nafardan ortiq kitobxon va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Markazda kitobxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 24 ta kompyuter o‘rnatilgan. Shuningdek, Uzumzor va Yangiqadam mahallalarida kutubxona filiallari faoliyat yuritib, aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatmoqda.
O‘rganishlar jarayonida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida badiiy adabiyotlarga bo‘lgan talab yuqori ekanligi, kutubxona fondini zamonaviy va yangi nashr etilgan badiiy adabiyotlar bilan boyitish zarurligi ta’kidlandi.