Mahalladagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat Ch. Alimov hududidagi “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan hududda mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Muloqot davomida mahalladagi mavjud holat o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, masalalarning ijrosini ta’minlash va ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ullar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov #Ch_Alimov