Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyat o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘ziga biriktirilgan deputat J. Xudoyqulova hududidagi “Qishloqozon” mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla tizimi bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#J_Xudoyqulova #J_Donayev