Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Allaberganova ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarning turar joylarini ta’mirlab berish tashabbusi bilan chiqdi.
Mazkur tashabbus tuman hokimligi, mahalla faollari, shuningdek, hududdagi korxona, tashkilot, muassasa va tadbirkorlar tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
Deputat tomonidan mahallada uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan ehtiyojmand oilalarning uy-joylarini ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, uylarning ichki va tashqi fasad qismlarini ta’mirlash ishlari mahalliy tadbirkorlar hamda korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xayriya yordamlari asosida olib borilmoqda.
Mahalla aholisi ushbu ezgu tashabbusdan mamnun ekanliklarini bildirib, buni Prezidentimiz tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy himoyaga asoslangan insonparvar siyosatning amaliy ifodasi sifatida baholamoqdalar.
Shuningdek, bunday xayrli tashabbuslarni tumanning boshqa mahallalarida ham keng yo‘lga qo‘yish yuzasidan deputatlar hamda korxona va tashkilot rahbarlariga tegishli takliflar bildirildi.08:57


 

Slide 1 of 2