Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
янв.21
Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni
янв.21
Aholi salomatligi va sifatli tibbiy xizmat — deputatlik nazoratida
янв.21
“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiyada 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorning Uchtepa tumanidagi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Jinoyatchilik profilaktikasi va huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali hamkorligida fuqarolar qabuli “Jurjoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib o‘tdi.

📆 Qabulda “12-Nazarbek” saylov okrugidan O‘zLiDeP deputati Avaz Xudayberganov hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali bosh mutaxassisi Baxtiyor Sodiqov, fuqarolar murojaatlarini tingladilar. Uchrashuvda Jurjoniy, Abdulla Qodiriy va Ko‘kcha Oqtepa mahallalaridan kelgan fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdilar.

🗂 Murojaatlar asosan yerga egalik huquqini rasmiylashtirish, mulkni e’tirof etish hamda oila a’zolari o‘rtasida yer maydonlarini bo‘lish masalalariga oid bo‘ldi. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-son “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan ham murojaat qildilar.

💼 Barcha murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qabul jarayonida 10 dan ortiq fuqarolarning muammolari tinglandi.

📇 Xususan, Zakariyo Roziy 1-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro To‘lqin Jalilov joriy yil fevral oyida barcha hujjatlarini Davlat xizmatlari markazi orqali topshirganini, biroq hanuzgacha aniq javob olmaganini bildirdi. Mazkur murojaat bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi bo‘limi bosh mutaxassisi tomonidan joyida aniqlik kiritilib, ushbu masala tuman arxitektori tomonidan rad etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjat fuqaroga taqdim etildi hamda tuman arxitektori qabul kunlari haqida tushuntirish berildi.

⚙️ Fuqarolar qabuli belgilangan tartib va kelishuv asosida davom ettirildi.

Slide 1 of 5