Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
MAHALLA TASHABBUSI DEPUTATLAR TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANDI

 MAHALLA TASHABBUSI DEPUTATLAR TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLANDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari M.Sayfidinov, B.Abduraximov,
B.Sharipov hamda Sh.Jo‘rayevlar tomonidan Quva mahalla fuqarolar yig‘inining
Bo‘ston ko‘chasida istiqomat qiluvchi mahalla oqsaqollari murojaati asosida
o‘rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla faollari va nuroniylar bilan suhbat o‘tkazilib, aholini
ayniqsa yosh avlodni mazmunli hordiq chiqarishi uchun munosib shart-sharoitlar
yaratish masalalari muhokama qilindi. Mahalla oqsaqollari o‘z
murojaatlarida mahalla hududidagi bo‘sh maydonda bolalar o‘yingohi tashkil
etish tashabbusi mavjudligini, ushbu masala tegishli tashkilotlar bilan
dastlabki tarzda kelishilganini hamda loyihani amalga oshirish uchun moliyaviy
ko‘mak zarurligini bildirdilar. 

Deputatlar tomonidan mazkur hudud ko‘zdan kechirilib,
bolalar o‘yingohini barpo etish mahalla aholisi, ayniqsa bolalarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular uchun xavfsiz va qulay muhit yaratishda
muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, hududni obodonlashtirish,
zamonaviy o‘yin jihozlari o‘rnatish va uni kelgusida doimiy saqlash masalalari
yuzasidan fikr almashildi hamda mazkur loyihani belgilangan tartibda
moliyalashtirishda amaliy yordam berilishini yetkazdilar.  

Slide 1 of 2