Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
Ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganildi.

Ijtimoiy loyihalar ijrosi o‘rganildi.


✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.Haitov hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan muhim ijtimoiy loyihalarning ijrosi joyida o‘rganildi.

✅ Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati tashabbusi va tanlovi asosida “Open budjet” loyihasi doirasida ta’mirlanishi belgilangan 61-sonli umumta’lim maktabida olib borilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishildi.

✅ O‘rganish jarayonida maktab binosining mavjud holati, ta’mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlari, qurilish-ta’mirlash ishlarining bosqichlari va muddatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmani yaxshilash, sinfxonalarni zamonaviy jihozlash hamda sanitariya-gigiena talablariga muvofiq holatga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Qayd etilganidek, “Open budjet” loyihasi aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5