Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Doniyor Mahmudovich Isxakov tomonidan hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini o‘rganish yuzasidan navbatdagi monitoring ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputat tuman tibbiyot birlashmasi poliklinikasida bo‘ldi.

➡️Tashrif davomida poliklinikada fuqarolarga bepul berilayotgan dori vositalari ta’minoti, ularning saqlanish holati, aholiga tarqatish tizimi hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

➡️Shuningdek, mas’ul mutaxassislar va muassasa rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

✔️Deputatlar tomonidan hududlarda ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, aholining murojaatlarini tinglash va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 8