Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
Saylovchilar bilan uchrashuv

❗️Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Azamat Pardayev 2026-yilning 1-yarim yilligi bo‘yicha axborot berdi

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumaniKengashi deputati Azamat Pardayev 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida axborot berib, hisobot davrida olib borilgan ishlar, hududiy o‘rganishlar va ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

✅Deputat tomonidan Bandixon tumanidagi “Farovon” mahallasida fuqarolar, mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅Ta’kidlanganidek, hisobot davrida deputat tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, sport inshootlari va ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilash masalalari alohida nazoratga olindi.

✅Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektorlari faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

✅Hududlardagi ichki yo‘llar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazorati doirasida atroflicha o‘rganildi.

✅Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilayotgan imkoniyatlar, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish va aholi bandligi masalalari yuzasidan ham tizimli monitoring olib borildi.

✅Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar tinglanib, ularning har biri yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Bildirilgan taklif va muammolarni qonuniy hamda tezkor hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1