Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
янв.21
Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni
DEPUTAT SO‘ROVI NAZORATDA: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI!

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy-infrastruktura muammolarini bartaraf etish borasidagi ishlar nafaqat so‘rov chiqarish, balki ularning yakuniy ijrosini ta’minlash darajasida qat’iy davom ettirilmoqda. 

Avval xabar berganimizdek, “Ko‘xna qal’a” mahallaning Baxtli oilalar ko‘chasi 18/2-uy hamda P.Mahmud ko‘chasi 42-uylarning tutash hududlarida yangi bolalar maydonchasini qurish masalasida haqli e’tirozlarini bayon etilgan edi. Ushbu masala yuzasidan Urganch shahar qurilish va uyjoy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘iga yuborilgan 91-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi o‘zining ijobiy natijasini berdi.

Deputat Atayeva Mukaddas Matyakubovnaning qat’iy nazorati va mutasaddi tashkilotlarning tezkor choralar ko‘rishi natijasida yangi bolalar maydonchasini qurish masalasida deputat so‘rovi yuborilgan tashkilot tomonidan maqsadga muvofiqligi bildirilgan. 

Aholi uchun yangi bolalar maydonchasi quriladi. Zero, deputatlik nazoratining bosh maqsadi — xalqimizning og‘irini yengil qilish va hududlar obodligini ta’minlashdir!