Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
“Alpomish” mahallasida tadbirkorlik rivoji: Yangi loyihalar ijrosini ko‘zdan kechirdi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Alpomish” mahallasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdilar.

💬 O‘rganishlar davomida quyidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati tahlil qilindi:

▶️Tikuvchilik faoliyati:
 Mahalla hokim yordamchisi tashabbusi bilan ajratilgan 50 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit evaziga yangi tikuvchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda ushbu maskan mahalla xotin-qizlari uchun ham doimiy daromad manbai, ham yangi ish o‘rni bo‘lib xizmat qilmoqda.

▶️Nonvoyxona faoliyati: Shuningdek, hududda yangidan tashkil etilgan nonvoyxona faoliyati ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlash joizki, ushbu tadbirkorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-327-sonli) talablariga to‘liq mos ravishda tashkil etilgan bo‘lib, oilaviy daromadni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬 Deputatlar hokim yordamchisi tomonidan kreditlarning manzilli yo‘naltirilganligi va natijada aniq ish o‘rinlari yaratilganligini ijobiy baholadilar. Tadbirkorlarga faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🫥 Maqsadimiz — har bir mahalla drayverini aniqlash va aholi farovonligini ta’minlash!
Slide 1 of 5