Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
📌 Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi

📌 Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazorati masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamkorligida “Mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

▫️Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ekspertlar ishtirok etdi.

▫️Davra suhbatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni jamoatchilik bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

▫️Shuningdek, viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Gennadiy Kravchenya, viloyat Kengashi deputatlari Mehri Narbasheva hamda Bibixol Karimovalar deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi tajribalari haqida ma’ruza qildi.

▫️Tadbir yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish, deputatlik nazoratining ta’sirchan mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 7