Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
FUQAROLAR MUROJAATLARI ASOSIDA MUAMMO TEZDA BARTARAF ETILDI

Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda deputat M.Jumaniyazov tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ҳақидаги O‘RQ-445-sonli Qonun ijrosi yuzasidan “Avesto” mahallasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi. 

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan xalq tilida “Mash’al ko‘prigi” deb ataluvchi hududdan Akbar osh markazi oldidagi tushish qismida yo‘lning suv bilan to‘lib qolayotgani, bu esa avtomobillar va piyodalar harakati uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi. 

Mazkur murojaat yuzasidan Kengash raisi P.Ro‘ziboyev hamda mahalla deputati M.Jumaniyazov tomonidan tegishli tashkilotlar bilan tezkor hamkorlik o‘rnatilib, muammo qisqa muddatda bartaraf
etildi.
 

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 3