Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
QURILISH ISHLARI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

▪️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan Ulus mahallasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari mahalla faollari hamda mutasaddi vakillar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

▪️O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan qurilish ishlari sifati, obektlarning bugungi holati, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan batafsil muhokamalar olib borildi. Shuningdek, mahalla hududidagi infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunikatsiya tarmoqlarini yanada yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

▪️Mahalla faollari tomonidan hududdagi ayrim muammolar, mavjud kamchiliklar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan takliflar deputatga yetkazildi. Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan muhokamalar o‘tkazilib, masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va vazifalar belgilandi.

▪️Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, aholi manfaatlarini inobatga olgan holda ishlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

▪️Shuningdek, hududda olib borilayotgan barcha qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi deputat tomonidan doimiy nazoratga olingani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3