Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
янв.21
Bo‘zsuv aeratsiya stansiyasi faoliyati va ekologik nazorat bo‘yicha o‘rganishlar
янв.21
Kommunal infratuzilmani yaxshilash yo‘lidagi ishlar davom etmoqda
янв.21
Uch avlod uchrashuvi — tajriba, e’tibor va ma’naviy muloqot maydoni
Ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, deputatlar Y.Xolmurotov, M.Ashurov, kotibiyat mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Bo‘ston” mahallasida ko‘p qavatli uylarning tutash hududlariga infratuzilma obyektlarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar mahalla raisi, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi xodimlari, xususiy maktab rahbari ishtirokida o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida Kengashning tegishli qaroriga asosan ko‘p qavatli uylar atrofida aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, hududlarni obodonlashtirish hamda kommunal sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha belgilangan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, bolalar maydonchalari va dam olish hududlarini tashkil etish, yashil hududlarni kengaytirish hamda irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish bo‘yicha aholi murojaatlari muhokama qilindi.

🔷Mas’ullar tomonidan belgilangan ishlar bosqichma-bosqich tarzda davom etishi, qurilish va ta’mirlash ishlarida sifat hamda xavfsizlik talablariga alohida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

🔷Deputatlar tomonidan hudud aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Aholi vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari mahalla ko‘rinishi va yashash sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etayotgani bildirildi.

🔷O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda aholi uchun yanada qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6