Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Toshkent shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
янв.21
Navbatdagi qabul “Shaftolizor” mahallasi fuqarolari uchun tashkil etildi
янв.21
Deputat — fuqarolar manfaatlari yo‘lida
янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda - amaliy yordam va ochiq muloqot
Chinoz tumani.Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.

Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.

🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Surayyo Axmedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilnoza Ulug‘bekova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan Kadastr agentligining Chinoz tumani bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝O‘rganish davomida Kadastr agentligining Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i Eldor Ro‘ziqulov bilan suhbat o‘tkazilib, bo‘lim mutaxassislari tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

❇️O‘rganish yakunida doimiy komissiya raisi Surayyo Axmedova tomonidan tegishli masalalar yuzasidan savolnoma taqdim etilib, unga batafsil yozma javoblar tayyorlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur masala doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi belgilab o‘tildi.

Slide 1 of 5